Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Turkiya Qora dengizda noma’lum dronni urib tushirdi

Turkiya Qora dengizda noma’lum dronni urib tushirdi

Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.

"Turkiya havo hududi xavfsizligini ta’minlash maqsadida NATO va milliy qo‘mondonlik nazoratidagi F-16 qiruvchi samolyotlariga jangovar javob berish vazifasi yuklatildi. Aniqlanishicha, mazkur havo nishoni boshqaruvdan chiqqan uchuvchisiz uchish qurilmasi bo‘lgan. Ehtimoliy salbiy oqibatlarning oldini olish uchun u aholi yashash joylaridan uzoq, xavfsiz hududda nishonga olinib urib tushirildi", deyiladi vazirlik bayonotida.

Dron kimga tegishli ekani hozircha noma’lum. Shuningdek, uning fuqarolik yoki harbiy apparat bo‘lgani ham aniqlanmagan.

Kiritildi: 17:06 16.12.2025. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!