15-16 aprel kunlari Anqarada Rossiya va Ukraina o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Anadolu agentligi.
Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi Anqarada xorijiy davlatlarning harbiy vakillari bilan Qora dengizdagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi bayonotida aytilgan.
Xabarga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish nuqtai nazaridan maslahatlashuvlar 15-16 aprel kunlari Turkiya dengiz kuchlari qo‘mondonligi qarorgohida bo‘lib o‘tadi.
Mudofaa vazirligining xabar berishicha, yig‘ilish ishtirokchilari Qora dengizda tinchlikni saqlash uchun harbiy rejalashtirishning dengiz aspektini muhokama qiladi.
Avvalroq Turkiya va Isroil Suriyadagi mojarolarning oldini olish bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlagani xabar qilingandi.