Prokuratura, Anqara aeroporti yaqinida Falcon 50 samolyotining halokatga uchrashi sabablari va sharoitlari yuzasidan tergov boshladi.
Bu haqda Turkiya adliya vaziri Yilmaz Tunch ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.
"Anqara Bosh prokuraturasi Esenbog aeroportidan havoga ko‘tarilgan va yo‘lovchilar, jumladan, Liviya Qurolli kuchlari shtabi boshlig‘i general-polkovnik Muhammad Ali Ahmad Al-Haddod bo‘lgan samolyot halokati yuzasidan tergov boshladi", — deyiladi nashrda.