Turkiya poytaxti Anqarada kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida katta suv toshqinlari yuzaga keldi.
Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida ko‘plab uylar va ish joylari suv ostida qolgan. Shuningdek, suv oqimlari mashinalarni oqizib ketdi, ba’zi daraxtlar quladi, binolar quladi.
Hozirda qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.