Erdo‘g‘an Turkiyaning Isroilga nisbatan hech qanday dushmanligi yo‘qligini aytdi
«So‘nggi paytlarda Isroilda Turkiyani yangi xavf manbai sifatida ko‘rsatishga qaratilgan noto‘g‘ri qarashlar faol tarqatilmoqda. Biz ushbu ritorika Isroilning ichki siyosiy dinamikasi va saylovoldi vaziyati bilan bog‘liq deb hisoblaymiz.
Turkiya na Isroil xalqiga va na boshqa biror jamiyatga nisbatan dushmanlik hissini tuymaydi. Biz xalqaro huquqqa zid deb hisoblagan siyosatga hamda mintaqamizda beqarorlikni kuchaytiradigan qadamlarga qarshi chiqamiz» - dedi Turkiya Prezidenti.
Avvalroq, Netanyaxu Turkiyani antisemit yolg‘onlarni keng tarqatuvchi mamlakat deb atagan edi
“Endilikda antisemit yolg‘onlarning navbatdagi yirik tarqatuvchisiga aylangan mamlakat – bu Turkiya: Erdo‘g‘andir”, dedi u.