Turkiya Isroilning Eronga hujumini keskin qoraladi.
Bu haqda Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) tomonidan qabul qilingan qarorda aytiladi.
"Ushbu hujum xalqaro hamkorlik va yadroviy muzokaralar yo‘lidagi provokasiyadir. TBMM sifatida biz Isroilning mintaqaviy tinchlikka tahdid soluvchi barcha harakatlarini va Eronga qilgan hujumlarini keskin qoralaymiz. Biz barcha xalqaro institutlar va hukumatlarni xalqaro huquq va diplomatiya asosida javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga chaqiramiz. Biz xalqaro hamjamiyatdan Isroilni rezolyusiyani to‘xtatish uchun qat’iy va prinsipial pozisiyada bo‘lishini kutamiz", dedi.