Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Turkiya futbol federasiyasi hakamlar qo‘mitasi rahbari hibsga olindi

Turkiya futbol federasiyasi hakamlar qo‘mitasi rahbari hibsga olindi

Turkiyada futbol hakamligi tizimidagi ehtimoliy qoidabuzarliklar bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Sud «hakamlar ishi» deb atalayotgan surishtiruv doirasida qo‘lga olingan yetti kishidan besh nafarini hibsga olishga qaror qildi. Ular orasida Turkiya futbol federasiyasi Markaziy hakamlar qo‘mitasi rahbari Ferxat Gyundog‘du ham bor. Yana ikki kishi mamlakatdan chiqib ketish taqiqi va muntazam ravishda belgilanib turish majburiyati bilan sud nazorati ostida ozod qilindi.

Gyundog‘dudan tashqari, TFF amaldagi hakamlar assosiasiyasi rahbari Ferdi Karadoruk, Markaziy hakamlar qo‘mitasining sobiq a’zosi Yunus Yildirim, shuningdek, hakamlar va nazoratchilar bilan bog‘liq tuzilmalarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan Emre Koshif hamda Alijan Saglar ham hibsga olindi.

Tergov hakamlarni toifalarga ajratish, ularni uchrashuvlarga tayinlash, faoliyatini baholash va qoidalar bo‘yicha imtihonlar o‘tkazish jarayonlariga ehtimoliy aralashuv holatlarini o‘rganmoqda. Ish doirasida rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish, ishonchni suiiste’mol qilish va shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy ravishda qo‘lga kiritish bo‘yicha ayblovlar ham ko‘rib chiqilmoqda.

Avvalroq polisiya Turkiyaning bir nechta shahrida tintuv o‘tkazgan, shu jumladan federasiya bosh qarorgohidagi VAR xonasi ham tekshirilgan.

Kiritildi: 20:28 03.10.2026. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!