Anqara–Toshkent reysida glyutensiz ovqat berilmagani va salon tozaligida muammolar bo‘lgani uchun Turkiya fuqarosi “Uzbekistan Airways” ustidan shikoyat qildi.
U parhez ovqatga ehtiyoji borligini oldindan bildirgan, aviakompaniya esa uni ta’minlashni kafolatlagan, ammo parvoz kuni talab bajarilmagan. Shuningdek, yo‘lovchi o‘tirgan o‘rindiqda oldingi reysdan qolgan chiqindilar ham bo‘lgan. Tekshiruv natijasida xatolik tasdiqlandi. Kompensasiya sifatida yo‘lovchiga keyingi reysda biznes-klass xizmati bepul taqdim etiladi, sanitariya nazorati kuchaytiriladi.