Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Eron va Isroil o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni mamnuniyat bilan qarshi oldi. Bu haqda vazirlik tomonidan tarqatilgan rasmiy bayonotda ma’lum qilindi.
«Biz Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishga erishilgani to‘g‘risidagi xabarlarni qutlaymiz», — deyiladi bayonotda.
Anqara tomoni taraflardan tinchlik kelishuviga qat’iy amal qilishni talab etib, vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini qayd etdi.
Shuningdek, Turkiya peremiriye shartlarining buzilishi haqidagi ehtimoliy holatlarni diqqat bilan kuzatishda davom etishini ma’lum qildi.