Turkiyaning Suriyadagi elchixonasi oldida turk bayrog‘i osib qo‘yildi, deb xabar bermoqda CNN Turk. Diplomatik missiya 2012 yildan beri yopilgan.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan bugun, 14 dekabr kuni elchixona 12 yillik tanaffusdan so‘ng faoliyatini qayta boshlaganini ma’lum qildi. Turkiya diplomatlari va ularning oila a’zolari Suriyaga yetib keldi. Turkiyaning Mavritaniyadagi sobiq elchisi Burhon Ko‘ro‘g‘li Muvaqqat ishlar vakili etib tayinlandi.
Turkiyaning Suriyadagi elchixonasi 2012 yilning mart oyida mamlakatdagi siyosiy inqiroz va fuqarolar urushi boshlanishi fonida o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Keyin Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Polsha, Gresiya, AQSH, Kanada va Fors ko‘rfazi davlatlarining elchixonalari ham yopildi. 2024 yil 8 dekabrda hukumatga qarshi qo‘shinlarning hujumi natijasida Bashar al-Assad rejimi quladi.