Turkiya Milliy razvedka boshqarmasi Iroqda terrorchilarga qarshi maxsus operasiya o‘tkazdi.
Turkiya OAVlariga tayanib, xabar berishicha, operasiya natijasida PKK terrorchilik guruhining maxsus bo‘linmasi yetakchilaridan biri, "Baz Zaza" laqabli Abdurrahmon Aksal yo‘q qilingan.
Aksal Istanbul, Anqara va Diyorbakirdagi teraktlar tashkilotchisi edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, maxsus operasiya terrorchi Iroq Turkiya bilan chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lganligi haqidagi ma’lumot razvedka boshqarmasiga tushganidan keyin tashkil etilgan.
Aksal tomonidan uyushtirilgan teraktlar natijasida 50 dan ortiq kishi, jumladan 10 nafar polisiyachi halok bo‘lgan, 200 ga yaqin kishi jarohatlangan.