Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Turkiya: Armanistonning harbiy jinoyatlari butun dunyoga oshkor qilinadi

Turkiya:  Armanistonning harbiy jinoyatlari butun dunyoga oshkor qilinadi

Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan Ozarbayjonning tinch aholisiga nisbatan sodir etilgan harbiy jinoyatlar butun dunyoga oshkor qilinadi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda. 

Turkiya ombudsmeni Sharaf Malokochning aytishicha, Armaniston armiyasining harbiy jinoyatlari haqidagi hisobot tegishli xalqaro tashkilotlarga, Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar parlamentlarining inson huquqlari bo‘yicha komissiyalariga yuboriladi.  

Malkoch Ozarbayjondagi arman armiyasining hujumiga uchragan aholi puntklariga borganini aytdi. “Ozarbayjonga safarimiz chog‘ida harbiy harakatlar hududidan tashqarida bo‘lgani holda tez-tez raketa hujumiga uchragan aholi punktlarida – Ganja, Terter, Geranboy va hatto Boku atrofida bo‘ldik”, – dedi u. 

Turkiya ombudsmenining so‘zlariga ko‘ra, Armanistonning harbiy jinoyatlari natijasida 94 nafar ozarbayjonlik halok bo‘ldi, 414 nafari yaralandi.  

“Biz hammasiz tinchlik tarafdorimiz, urushni xohlamaymiz. Xalqaro huquqqa binoan davlatlar mudofaa huquqidan foydalanishi va o‘z yurtini jang maydonida himoya qilishi mumkin. Harbiy harakatlar hududidan 100-150 kilometr naridagi aholi punktlarini atayin o‘qqa tutish harbiy jinoyatdan boshqasi emas. Bu inson huquqlari va fundamentlar huquqlar to‘g‘risidagi konvensiyaga, Jeneva konvensiyasiga zid”, – dedi Sharaf Malkoch. Uning ta’kidlashicha, Armaniston bu jinoyatlari uchun javob berishiga to‘g‘ri keladi.  

Kiritildi: 19:20 24.11.2020. O'qildi: 3032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!