Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Turkiya arab davlatlari bilan Markaziy Osiyoda xamkorlik qilmoqchi

A A A
Turkiya arab davlatlari bilan Markaziy Osiyoda xamkorlik qilmoqchi

Turkiya va arab davlatlari Afrika va Markaziy Osiyoda hamkorlikda ish olib bormoqchi. Buning uchun yaxshi siyosiy munosabatlar mavjudligini tilga olgan Turkiya moliya vaziri Mehmet Shimshek erkin savdo kelishuvlari orqali savdo va sarmoyani rag‘batlantirish mumkinligini ta’kidladi.

Turkiya va arab davlatlari Afrika va Markaziy Osiyoda hamkorlikda ish olib boradi. Bu haqda Turkiya moliya vaziri Mehmet Shimshek ma’lum qildi. Shimshek, shuningdek, Turkiyaning Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoga darvoza vazifasini bajarayotganini, arab dunyosining esa Turkiya uchun Osiyo va Afrika o‘rtasida bog‘lovchi bo‘lish salohiyati katta ekanini ta’kidladi.

Turkiya Moliya vaziri Mehmet Shimshek Istanbulda ikki kun davom etgan Xalqaro arab banklari sammitida nutq so‘zladi.

Unda Mehmet Shimshek Turkiya va arab dunyosining kuchli ishtiroki borligini, lekin o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmayotganini ta’kidladi.

Juma kuni nihoyasiga yetgan ikki kunlik tadbir prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on homiyligida Arab Banklar Ittifoqi tomonidan uyushtirildi.

Shimshek, shuningdek, Turkiyaning Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyoga darvoza vazifasini bajarayotganini, arab dunyosining esa Turkiya uchun Osiyo va Afrika o‘rtasida bog‘lovchi bo‘lish salohiyati katta ekanini ta’kidladi.

“Bizda yaxshi siyosiy munosabatlar mavjud va biz bu imkoniyatlardan foydalana olamiz”, - dedi u.

"Avvalo, eng yaxshi yechim - erkin savdo shartnomalarini tuzish, bu esa ko‘proq taraqqiyot va farovonlikni yaratadi. O‘ylaymanki, erkin savdo kelishuvlari, albatta, savdo va sarmoyani rag‘batlantirishga yordam beradi", - deya qo‘shimcha qildi Turkiya moliya vaziri.

Shuningdek, Turkiya turizmni rivojlantirishga yordam berishi va arab dunyosini inson resurslari bilan ta’minlashi mumkin. Bu Turkiya va arab dunyosi birgalikda ko‘p ish qilishi mumkin bo‘lgan sohadir, dedi vazir.

Turkiyaning global miqyosdagi loyihalari bilan Xitoydan keyin ikkinchi eng katta qurilish sektoriga ega ekanligini eslatib, bu ham hamkorlik uchun istiqbolli soha ekanligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 14:43 26.05.2024. O'qildi: 1297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!