Turkiyaning Vashingtondagi elchisi ham ortga qaytarildi, deya xabar beradi “Gununsesi.info”.
Esingizda bo‘lsa, Turkiya AQSh Isroildagi elchixonasini Quddusga ko‘chirgani va falastinlik musulmonlarga berilayotgan jabru zulmlarni bas qilish uchun jonbozlik ko‘rsata boshlashi hamonoq dastlab Isroildagi o‘z elchisini qaytarib olgan, so‘ng Isroil elchisini Turkiyadan chiqarib yuborgandi.
“Turkiyaning Vashingtondagi elchisi Anqaraga qaytgani bizning munosabatlarimizga daxl qilmaydi. Bunga ularning haqi bor. Turkiya NATOdagi hamkorimiz bo‘lib qoladi va Turk hukumati bilan kelajakda munosabatlarimiz yaxshilanishiga ishonamiz”, deydi AQSh Davlat Departamentining rasmiy vakili Xayzer Noyert.