Litva mudofaa vaziri Rossiya qiruvchi samolyotlari NATO mamlakatlari havo hududini buzgan taqdirda, ularni urib tushirishni taklif qildi
Dovile Shakalene 2015 yilda Turkiya Suriya bilan chegarada o‘z hududiga kirgan Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirganini eslatib o‘tdi.
"Tallinning osmonida Rossiyaning uchta qiruvchi samolyotlarining paydo bo‘lishi bu NATO'ning “Sharqiy qo‘riqchi” operasiyasi zaruriyatga aylanganining yana bir ishonchli dalilidir. Alyansning shimoli-sharqiy chegarasida bekorga nazorat kuchaytirilmadi. Biz jiddiy harakat qilishimiz shart. Turkiya 10 yil oldin bunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini ko‘rsatgandi. Bu haqda o‘ylab ko‘rishimiz kerak", — deb yozdi Dovile Shakalene X ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, kecha Estoniya Rossiyaning uchta MiG-31 qiruvchi samolyoti bilan o‘zining havo hududini buzganini ma’lum qildi. Rossiya buni inkor qilmoqda.