Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

“Turkiy restavrasiya va konservasiya laboratoriyalari tarmog‘i — tajriba almashish dasturi” boshlandi: Turkiy dunyo mutaxassislari Anqarada uchrashdi

“Turkiy restavrasiya va konservasiya laboratoriyalari tarmog‘i — tajriba almashish dasturi” boshlandi: Turkiy dunyo mutaxassislari Anqarada uchrashdi

2026 yil 9 fevral kuni Anqara shahrida Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi tashabbusi bilan Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi mezbonligida hamda Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TİKA) va Turkiy dunyo jamg‘armasi ko‘magida “Turkiy restavrasiya va konservasiya laboratoriyalari tarmog‘i” nomli xalqaro tajriba almashish dasturi ishga tushirildi.

9–13 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan dastur Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, Vengriya va Turkmanistondan restavrasiya va konservasiya sohasidagi mutaxassislarni birlashtirdi. Dasturning birinchi kuni Anqara Mintaqaviy Restavrasiya va Konservasiya Laboratoriyasida o‘tkazilgan sessiyalar bilan boshlandi. Ular ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida professional hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi. Tadbirlar Anqara va Istanbul shaharlarida davom etadi.

Turkiy meros posbonlari bir tom ostida

Ochilish marosimida Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi loyiha menejeri Nuri Aksu dastur turkiy madaniy merosni asrashda strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, uni amalga oshirishda ishtirok etgan barcha hamkor tashkilotlarga minnatdorlik bildirdi. Shundan so‘ng Turkiya Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligi Muzeylar boshqarmasi rahbari Serkan Gedүk hamda Anqara Mintaqaviy Restavrasiya va Konservasiya Laboratoriyasi direktori Jengiz Өzduyg‘ulu so‘zga chiqib, Turkiyaning ushbu sohadagi institusional va ilmiy tajribasining ahamiyatini alohida qayd etdilar. Ochilish marosimi Turkiy Dunyo Restavrasiya va Konservasiya Tarmog‘i koordinatori hamda “Ostrov Krym” laboratoriyasi direktori Elina Altinbekovaning nutqi bilan yakunlandi.

O‘n bir mintaqaviy laboratoriya va qariyb yarim asrlik tajriba

Jengiz O‘zduyg‘ulu keyinchalik Turkiyada 1980-yillardan bugungi kungacha restavrasiya va konservasiya laboratoriyalarining rivojlanishiga bag‘ishlangan batafsil taqdimot o‘tkazdi. Taqdimotda quyidagi masalalar yoritildi:
• Institusional tuzilma: Turkiya Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligi tasarrufida faoliyat yuritayotgan o‘n bir mintaqaviy laboratoriyaning tashkiliy tizimi va hududlar bilan muvofiqlashtirish mexanizmlari;
• Mutaxassislik yo‘nalishlari: Qog‘oz, to‘qimachilik, yog‘och, keramika, tosh va metall kabi turli materiallar bo‘yicha analitik laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar;
• Amaliy dala ishlari: Muzeylar va arxeologik yodgorliklarda amalga oshirilayotgan ishlar, eksponatlarning restavrasiyadan oldingi va keyingi holatini aks ettiruvchi vizual materiallar asosida.

Etti mamlakat, yagona maqsad

Besh kunlik dastur doirasida ishtirokchi mamlakatlar mutaxassislari quyidagi yo‘nalishlarni muhokama qiladilar:
• ilmiy yondashuvlarga asoslangan konservasiya usullari;
• profilaktik (oldini oluvchi) konservasiya masalalari;
• xatarlarni boshqarish hamda texnik salohiyatni oshirish yo‘llari.

Anqaradagi tadbirlardan so‘ng dastur Istanbul shahrida laboratoriyalarga tashrif va texnik brifinglar bilan davom etadi hamda 13 fevral kuni Ümraniye tumanidagi Hekimbaşı Ov Pavilonida Turkiy Dunyo Jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladigan ishchi seminar bilan yakunlanadi.

Loyihaning asosiy maqsadi — turkiy merosni restavrasiya va konservasiya qilish sohasida mutaxassislarning barqaror tarmog‘ini shakllantirish hamda ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

Kiritildi: 12:53 12.02.2026. O'qildi: 831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!