Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Turkiy dunyo haftaligi Bokuda boshlandi: Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi qator tadbirlarni tashkil etadi

Turkiy dunyo haftaligi Bokuda boshlandi: Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi qator tadbirlarni tashkil etadi

2026 yil 29 iyun kuni Bokudagi Haydar Aliyev markazida Birinchi Turkologiya qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan Turkiy dunyo haftaligining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti, professor Aktoti Raimqulova ishtirok etdi.

Mazkur haftalik Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Janobi Oliylari Ilhom Aliyevning 2025 yil 22 oktyabrdagi **«Birinchi Turkologiya qurultoyining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»**gi Farmoniga muvofiq tashkil etilmoqda. Shuningdek, ushbu tarixiy sana munosabati bilan qator tadbirlarni o‘tkazish tashabbusi 2025 yil 7 oktyabr kuni Ozarbayjon Respublikasining Gabala shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 12-sammitida turkiy davlatlar rahbarlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan.

Ochilish marosimida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Turkiya va O‘zbekiston davlat rahbarlarining Birinchi Turkologiya qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan Turkiy dunyo haftaligi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik maktublari o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Karimli, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev hamda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi raisi o‘rinbosari, akademik Rafael Huseynov tabrik so‘zlari bilan chiqish qildilar. Ular o‘z nutqlarida Birinchi Turkologiya qurultoyining turkiy dunyoning ilmiy va madaniy integrasiyasini rivojlantirishdagi tarixiy ahamiyatini alohida ta’kidladilar.

Tadbir yakunida konsert dasturi namoyish etildi.

3 iyulgacha davom etadigan Turkiy dunyo haftaligi Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi hamda Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi tomonidan, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi, Turkiy davlatlar tashkiloti, TURKSOY, Boku davlat universiteti va Turk akademiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Turkiy dunyo haftaligi doirasida Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi ham bir qator muhim ilmiy va madaniy tadbirlarni tashkil etadi hamda hamkorlikda o‘tkazadi.

Jumladan, 30 iyun kuni Jamg‘arma tashabbusi bilan ozarbayjon, qozoq va rus tillarida nashr etilgan «Birinchi Turkologiya qurultoyi» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

2 iyul kuni Jamg‘arma Ozarbayjon Milliy tarix muzeyi bilan hamkorlikda «Boku–1926: Til, tafakkur, birlik» nomli ko‘rgazmani ochadi. Shu kuni Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda Akademiyaning Markaziy ilmiy kutubxonasidagi Shusha zalida «Umumiy turkiy o‘tmishdan umumiy turkiy kelajak sari» mavzusidagi VIII Xalqaro ilmiy simpoziumning tantanali ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirlar Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasining turkiy xalqlarning umumiy ilmiy merosini o‘rganish, asrab-avaylash va targ‘ib etish, uni kelajak avlodlarga yetkazish hamda butun turkiy dunyoda ilmiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi izchil sa’y-harakatlarini yana bir bor namoyon etadi

Kiritildi: 15:12 30.06.2026. O'qildi: 685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!