Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Turkish Airlines 9 maygacha Pokistonga parvozlarni bekor qildi

Turkish Airlines 9 maygacha Pokistonga parvozlarni bekor qildi

Turkish Airlines mintaqadagi vaziyat tufayli 8 va 9 may kunlari Pokistonga va Pokistondan parvozlarni amalga oshirmaydi.

Bu haqda kompaniya bayonotida aytilgan.

"Osiyodagi siyosiy beqarorlik tufayli Islomobod va Lahorga 8 may, payshanba va 9 may, juma kunlari parvozlarimiz bekor qilindi”, — deyiladi bayonotda.

Natijada Istanbul, Islomobod va Lahor o‘rtasida har ikki yo‘nalishda oltita reys amalga oshirilmaydi.

Ushbu yo‘nalishlar uchun 7 maygacha sotib olingan chiptalar qo‘shimcha to‘lovsiz qaytarilishi yoki boshqa sanalarga o‘tkazilishi mumkin, dedi kompaniya.

Kiritildi: 14:28 08.05.2025. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!