Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Turk siyosatchisi: "G‘arb Ukrainani qo‘llab-quvvatlamasa Zelenskiyning boshiga Gitletni kuni tushadi"

A A A
Turk siyosatchisi: "G‘arb Ukrainani qo‘llab-quvvatlamasa Zelenskiyning boshiga Gitletni kuni tushadi"

G‘arb davlatlari endi Ukrainani qo‘llab-quvvatlay olmasligi mumkin, bu esa uning taslim bo‘lishini anglatadi. Bu haqda Turkiyaning “Vatan” partiyasi rahbari o‘rinbosari Xoqon Topkurulu ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, hozirda Kiyev G‘arbni o‘z ichiga tortib olish uchun harbiy amaliyotlarni Rossiya Federasiyasi geografiyasigacha kengaytirishga harakat qilmoqda – xuddi Isroil urushni Livanga yoyishga urinayotgani kabi.

Topkurulu fikricha, natijada G‘arb Ukrainaga yetarlicha moddiy yordam bera olmasligi mumkin.

"Bu Ukrainaning taslim bo‘lishini anglatadi", deb ta’kidladi siyosatchi.

G‘arb Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etar ekan, Rossiya va Ukraina o‘rtasida muzokara olib borish mumkin emasligini qo‘shimcha qildi Topkurulu.

Siyosatchi, shuningdek, Zelenskiyni Rossiyaga hujum qilish orqali o‘z oxiratini oldindan belgilab qo‘ygan Napoleon va Gitler taqdirini takrorlashdan ogohlantirdi.

"Oxiri juda achchiq bo‘lishi mumkin", deb xulosa qildi Topkurulu.

Kiritildi: 11:39 29.08.2024. O'qildi: 2599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!