Istanbulda giyohvandlik vositalariga qarshi kurash operasiyasi doirasida kino va shou-biznesning 16 nafar yulduzi qo‘lga olindi, deya xabar beradi «TRT Haber» telekanali Baklirko‘y tumani bosh prokuraturasiga tayanib.
Qo‘lga olinganlar orasida «Oila», «To‘lqin», «Shohmaron», «Rahmat, navbatdagisi» seriallari orqali mashhur bo‘lgan aktrisa va model Serenay Sarikaya, shuningdek, «Qizilcha sharbati» serialida suratga tushgan Feyza Jivelek ham bor.
Bundan tashqari, xonandalar Mabel Matiz va Berkay Shahin ham hibsga olingan.
Ular giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish, saqlash va tarqatishda gumon qilinmoqda.