Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Turk klubi Abbosbek Fayzullayev uchun 10-12 million yevro sarflashga tayyor

Turk klubi Abbosbek Fayzullayev uchun 10-12 million yevro sarflashga tayyor

Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi Abbosbek Fayzullayevni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Turkiyalik jurnalist Osman Altunterimning xabar berishicha, klub va futbolchi o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Qayd etilishicha, «Istanbul» 21 yoshli futbolchining transferiga 10-12 mln yevro sarflamoqchi.

Tomonlar kelishuvga erishadigan bo‘lsa, Fayzullayev «Istanbul Bashakshehir»dagi ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi.

O‘tgan mavsum Fayzullayev SSKA safida barcha turnirlarda 39 o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 8 assistni qayd etgan. Futbolchining «armiyachilar» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portali uning narxini 8 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 10:06 13.07.2025. O'qildi: 1434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!