Bugun 4 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Turk armiyasi har qanday ssenariyga tayyor

Turk armiyasi har qanday ssenariyga tayyor

Turkiya armiyasi mintaqaviy urush yuzaga kelgan taqdirda har qanday tahdid va xavfni bartaraf etishga tayyor. Haqqin.az nashrining xabar berishicha, bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar va matbuot bo‘yicha maslahatchisi Zeki Akturk haftalik matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Vazirlik vakili Isroilning Livanga hujumi va Eronning Isroilga raketa hujumi natijasida yuzaga kelgan keskinlik mintaqaviy urushga aylanib ketishi ehtimoli haqida izoh berdi.

«Turkiya Qurolli Kuchlari sifatida mintaqamizda va dunyoda mamlakatimiz mudofaasi va xavfsizligiga oid jarayonlarni yaqindan kuzatib boramiz, ularni ko‘p qirrali xavfsizlik strategiyasi nuqtai nazaridan baholaymiz va zarur choralarni ko‘ramiz.

Isroilning xalqaro huquqqa zid bo‘lgan g‘ayriinsoniy hujumlari xalqaro xavfsizlik hamda global va mintaqaviy barqarorlikka tahdid solmoqda. Hozirgi vaziyat Isroil hujumlari G‘azo bilan cheklanib qolmasligi va butun mintaqaga yoyilishi mumkinligi haqidagi xavotirimiz qanchalik asosli ekanini ko‘rsatdi», — dedi vazirlik vakili.

Kiritildi: 16:00 03.10.2024. O'qildi: 1449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!