Chexiyaning shimoli-sharqida sayyohlar Krkonosha tog‘laridagi o‘rmon orqali yo‘lni kesib o‘tishga qaror qilishdi va tosh devordan chiqib turgan alyuminiy qutini ko‘rishdi. Ular ichidan 10 ta tilla bilaguzuk, 17 ta portsigar, upa solinadigan idish, taroq va 598 ta tanga topishdi, deb yozadi CNN.
Sayyohlar topilgan buyumlarni Sharqiy Chexiya muzeyiga topshirdilar. Arxeologlar xazinani o‘rganishdi, shuningdek, u topilgan joyni tekshirishga qaror qilishdi.
Olimlar bu buyumlarni kim va nima uchun yashirganini hali bilmaydi. Ammo aniq ma’lumki, maxfiy joyning yoshi 100 yildan oshishi mumkin emas, chunki undagi tangalardan biri 1921 yilga tegishli. Arxeologlar oltinni Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin tog‘larda qoldirgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi.
Topilgan buyumlarning qiymati hali noma’lum. Faqat tangalarning og‘irligi 3,7 kg bo‘lib, ularning qiymati 360 ming dollarga baholanmoqda. Shu bilan birga, ular orasida mahalliy pullar yo‘q, faqat Bolqon va Fransiya pullari mavjud. Ikkita portsigar mahkam yopilgan, demak, ichida yana nimadir bo‘lishi mumkin.
Muzey, shuningdek, yashirin joyning mazmuni juda g‘ayrioddiy ekanligini ta’kidladi. Olimlar barcha buyumlarning metall tarkibini aniq belgilash va ularning qiymatini baholash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazishlari kerak.