Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Turistlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha kelishuv imzolandi

A A A

Joriy yilning 22-24-aprel kuni Toshkent shahridagi “Uzekspomarkaz” binosida xalqaro “INNOPROM-2024” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu tadbir davomida Rossiya Federasiyasi subekti hisoblangan Boshqirdiston Respublikasi “Turizmni rivojlantirish markazi” notijorat tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati turizm boshqarmasi o‘rtasida kirish turizmini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Bitimdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat o‘rtasida sayyohlar almashinuvini rivojlantirish hisoblandi. Tadbir davomida, Boshqirdiston Respublikasi hamda Toshkent viloyatida Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari o‘rtasida B2B uchrashuvlari o‘tkazildi.

Toshkent viloyati turizm boshqarmasi hodimlari tomonidan Boshqirdiston Respublikasi delegasiyasi vakillari uchun Toshkent viloyatining turizm salohiyati targ‘iboti o‘tkazildi.

Kiritildi: 12:59 24.04.2024. O'qildi: 959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!