Italiyaning Turin shahrida bo‘lib o‘tgan ommaviy namoyishlar paytida namoyishchilar bilan to‘qnashuvlar oqibatida 100 nafarga yaqin huquq-tartibot xodimi jarohat oldi, deb xabar berdi ANSA agentligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 97 nafar polisiya xodimi, 5 nafar karabiner va 7 nafar Moliya gvardiyasi xodimi turli jarohatlar olgan. Namoyishlarda 15 mingga yaqin kishi ishtirok etgan bo‘lib, ular hukumat qarori bilan yopilgan ijtimoiy markazga qarshi chiqqan.
To‘qnashuvlar davomida chiqindilar konteynerlari yoqib yuborilgan, petardalar portlatilgan va polisiyaga tosh otilgan. Huquq-tartibot kuchlari esa suv sochuvchi mashinalardan foydalanib javob qaytargan. Italiya bosh vaziri Jorja Meloni polisiya xodimlarini qo‘llab-quvvatlaganini bildirdi.