Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

To‘raqo‘rg‘on tumanida 1,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi

To‘raqo‘rg‘on tumanida 1,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida qonunbuzarlik holati aniqlandi.

Xususan, “O. O.” oilaviy korxonasiga qarashli beton-g‘isht ishlab chiqarish sexida hech qanday shartnoma tuzmasdan, elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, energiya resursidan noqonuniy foydalanib kelingani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 558 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.


Kiritildi: Bugun 08:52. O'qildi: 226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!