Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

«Tur o‘rningdan, yangi hayot boshlaymiz!»

«Tur o‘rningdan, yangi hayot boshlaymiz!»

Masjid imomlaridan bo‘lgan bir shayx hikoya qiladi: Bir yigit gunohlaridan shikoyat qilib, masjidga mening huzurimga keldi.

U: “Men hamma gunohni qilganman”, dedi.

Shunda men uning qo‘lidan tutib, ba’zi birodarlarni ziyorat qilish uchun birga yo‘lga chiqdik. Lekin ularni topa olmadik. Keyin men unga: “Qabristonni ziyorat qilsak, nima deysan?”, dedim.

U: “Mayli”, dedi.

Biz birga qabristonga borib, qabrlar orasida o‘tirdik. Men o‘ngga-chapga qarab: “Ey qabr ahli, bizga xabar bering, qabr ostida nimalar bo‘lyapti, lahadda hozir nimalar bo‘lyapti, podshohlar hali ham podshoh bo‘lib turishibdimi?”, dedim.

So‘ngra mazkur yigitga: “Qabrga biroz muddat tushib o‘tirishga nima deysan?”, degan edim, u qabrga tushdi. Biroz vaqt o‘tib men uning oldiga kelib: “Ey falonchi, ma’shuqang falonchi qabringga kelib, senga foyda bera oladimi?”, dedim.

U: “Yo‘q”, dedi.

Men: “Seni yo‘ldan ozdirib, gunohga boshlaganlar qabringga kelib, senga foyda bera oladimi? ”, dedim.

U: “Yo‘q”, dedi.

Men: “Shunday ekan, o‘rningdan tur, yangi hayot boshlaymiz”, dedim.

 

(Al-qisosul-voqeiyya kitobidan)

"Hikmatlar chashmasi"dan

Kiritildi: 10:45 07.11.2019. O'qildi: 2258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!