Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

To‘qayev Qozog‘iston nega yadroviy qurolga egalik qilishdan voz kechganini ma’lum qildi

To‘qayev Qozog‘iston nega yadroviy qurolga egalik qilishdan voz kechganini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning yadroviy quroldan voz kechishi strategik uzoqni ko‘ra bilish hamda tinchlik va butun insoniyat xavfsizligiga qat’iy sadoqatning ifodasi hisoblanadi. Qozog‘iston prezidenti bu haqda Tokio shahridagi BMT universitetida qilgan nutqida aytib o‘tdi.

"Hirosima, Nagasaki va Semipalatinsk yadroviy mas’uliyat va tiyilishning qanchalik qimmatga tushishini eslatib turadi. Mustaqillikka erishgach, Qozog‘iston tarixiy qaror qabul qilib, Semipalatinsk yadroviy poligonini yopdi va dunyodagi to‘rtinchi eng yirik yadroviy arsenalidan voz kechdi. Bu zaiflikning belgisi emas, balki strategik uzoqni ko‘ra bilish hamda tinchlik va butun insoniyat xavfsizligiga qat’iy sadoqatning ifodasi edi", —dedi Qosim-Jo‘mart To‘qayev.

Ma’lumot uchun, 1949 yildan 1989 yilgacha Qozog‘istondagi Semipalatinsk poligonida SSSR tomonidan yadroviy sinovlar o‘tkazilgan. Bu davr mobaynida 450 dan ortiq yerusti va yerosti portlashlari amalga oshirilgan. Sinovlar oqibatida jiddiy radiasion ifloslanish yuzaga kelgan va yaqin hududlarda yashovchi yuz minglab aholining salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 1991 yil 29 avgustda poligon rasman yopilgan va Qozog‘iston yadroviy quroldan ixtiyoriy ravishda voz kechgan ilk davlatlardan biriga aylangan.

Kiritildi: Bugun 18:25. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!