Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

To‘qayev BRICS’ga a’zo bo‘lmaslik sababini ochiqladi

To‘qayev BRICS’ga a’zo bo‘lmaslik sababini ochiqladi

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat nega BRICS’ga a’zo bo‘lmaganini tushuntirib berdi. Bu haqda u “Al Jazeera”ga bergan intervyusida so‘z ochdi.

To‘qayevga ko‘ra, u juda pragmatik qarashga ega va BRICS doirasida doimiy tuzilmalar mavjud emasligini ko‘rmoqda. Tashkilotda nizom ham, kotibiyat ham, dasturlar ham yo‘q.

“Biz BRICS’da kuzatuvchi davlat sifatida ro‘yxatga olinganmiz va menimcha, bu yetarli. Avvalo, bu yerda tashkilotning samarasizligi yoki samaradorligi haqida gap ketmoqda. Ha, yirik davlatlar bor, o‘rta miqyosdagi davlatlar bor, kichik davlatlar ham bor, har bir xalqaro tashkilotda shunday. Biz BRICS’da kuzatuvchi bo‘lamiz, keyin esa vaqt ko‘rsatadi”, degan mamlakat rahbari.

Kiritildi: 19:45 31.05.2025. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!