Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Tuproqqal’ada Yevro-5 ekologik standartiga javob beradigan arzon avtomobil ishlab chiqariladi

Tuproqqal’ada Yevro-5 ekologik standartiga javob beradigan arzon avtomobil ishlab chiqariladi

Slovakiya kompaniyasi Tuproqqal’aga 10 million dollar kiritib, 500 gektar qumli yerni o‘zlashtirishni boshladi.

Ushbu investor 170 million dollar hisobiga yana 4,5 ming gektar qumli yerni foydalanishga kiritib, raps o‘simligini ekish va undan
bioetanol ishlab chiqarishni reja qilgan.

Mas’ullarga bu loyiha uchun zarur ko‘makni ko‘rsatish topshirildi.

Prezident Tuproqqal’adagi “Damas” zavodi bo‘yicha katta yangilikni aytdi. Bu zavodda 100 million dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi.

Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 o‘rindiqqa ega bo‘ladi.

Mutasaddilarga joriy yilda hamkorlar bilan muzokarani yakunlab, keyingi yilda yirik uzelli yig‘ish usulida ishlab chiqarishni boshlash, 2027 yilda to‘liq siklga o‘tib, mahalliylashtirishni 50 foizga olib chiqish topshirildi.

Kiritildi: 13:44 02.05.2025. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!