Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tuproq degradasiyasi — ekologik muammodan milliy xavfgacha

Tuproq degradasiyasi — ekologik muammodan milliy xavfgacha

Erlarning tanazzulga uchrashi insoniyat oldida turgan eng jiddiy ekologik muammolardan biri bo‘lib, bugun dunyo quruqlik hududlarining qariyb 40 foiziga va 3,2 milliard inson hayotiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Markaziy Osiyoda yer maydonlarinin gtaxminan 37 foizi degradasiyaga uchragan. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 26 foizni tashkil etib, tuproqning sho‘rlanishi, gumus miqdorining kamayishi va qishloq xo‘jaligi hosildorligining pasayishi bilan namoyon bo‘lmoqda.

Ana shu sukutda kechayotgan fojiani jamoatchilikka yetkazish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va"Zamin" fondi ko‘magida "Ona Yernidosi" hujjatli filmi suratga olindi.

Joriy yilning 4 dekabr kuni ilk bor FAOning Italiyadagi Bosh qarorgohida ilk bor jamoatchilikka namoyish etilgan filmning taqdimoti O‘zbekistonda "Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti hamda Davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tdi.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi talabalar bilan samimiy suhbatda tuproq degradasiyasi muammolarini muhokama qildi, bo‘lajak mutaxassislarning g‘oya va takliflarini diqqat bilan tinglab, ekologik jarayonlar mintaqaning oziq-ovqat xavfsizligi uchun qanchalik xavfli ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 20:14. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!