Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tunis va Marokashda G‘aza aholisiga hamdardlik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Tunis va Marokashda G‘aza aholisiga hamdardlik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Tunis va Marokashda Isroilning G‘aza sektorida amalga oshirayotgan genosid va ocharchilikka qarshi ommaviy namoyishlar o‘tkazildi. Tunis poytaxtidagi munisipal teatr oldida Falastin tarafdorlari uyushmasi chaqiruviga javoban yuzlab faollar to‘planib, G‘azadagi fojealarga qarshi chiqishdi.

Barcha yoshdagi odamlar ishtirok etgan aksiyada namoyishchilar genosidni darhol to‘xtatish, blokadani bekor qilish, chegaralarni ochish va gumanitar yordam hamda tibbiy brigadalarni kiritishni talab qildi.

Faollar HAMAS va falastinlik qarshilik kuchlarini qo‘llab-quvvatlab shiorlar aytdi. Falastin tarafdorlari uyushmasi vakili Murad al-Yakubiy:
«Biz sionistlarning G‘azadagi genosidi va jinoyatlariga qarshi har hafta aksiya o‘tkazishda davom etamiz. Bu — burchimiz. Tunisliklar g‘alaba qozonilguncha to‘xtamaydi», — dedi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir sharoitlarga qaramay, qarshilik kuchlari Isroil armiyasiga yo‘qotishlar yetkazishda davom etmoqda.

Kiritildi: 13:43 21.09.2025. O'qildi: 1451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!