Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Tun kulgisi!.. (13-qism)

Tun kulgisi!.. (13-qism)

— Allo, bu poliklinikami?

— Ha.

— Analizlarni pochta orqali qabul qilasizlarmi?

— Ha, faqat elektron pochta orqali.

 

* * *

 

“Tez yordam”ga qo‘ng‘iroq qilishdi:

— Iltimos, menga yordam bering! Umrim 59 soniyagina qoldi.

— Xo‘p bo‘ladi, bir daqiqa…

 

* * *

 

Yangi o‘zbek bankka kelib hisobchidan so‘radi:

— Sizlardan yuz dollargina kredit olsam bo‘ladimi?

— Ha, bo‘ladi. Ammo sizga aytib qo‘yay. Bankimizda eski qoidalar saqlanib qolgan. Ya’ni, kredit olayotganingizda nimanidir garov sifatida tashlab ketishingiz lozim.

— Ana, “Kadillak” mashinamni ola qoling!..

— Bo‘pti, yiliga uch foizdan qo‘shib qaytarasiz!

Yangi o‘zbek yuz dollarni oldi-da, bir yildan so‘ng bir yuz uch dollar qilib qaytardi.

Hisobchi undan so‘radi:

— Tushunmadim. Bizni ahmoq qilmoqchi bo‘ldingizmi? Shunday badavlat odam bankdan yuz dollar olib o‘tirsa?! Yo buning biror siri bormi?

— Albatta. O‘zingiz o‘ylang, shunday mashinamga sizlardagiday arzon garajni qayerdan topaman, axir?

Kiritildi: 23:00 17.10.2020. O'qildi: 2039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!