Bugun 27 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

To‘lov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi

To‘lov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi

Markaziy bank boshqaruvining «O‘zbekiston hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.

Nizom «MCC-kod» tushunchasi bilan to‘ldirilmoqda. U savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyat turini tasniflaydi.

Banklar to‘lov terminallarini texnik jihatdan mijozga biriktirish paytida uning faoliyati turidan kelib chiqib MCC-kodlarini, terminal va to‘lov turi, mijozning identifikasiya ma’lumotlari va to‘lov tizimi operatori qoidalarida belgilangan tegishli ma’lumotlarni bank axborot bazasiga kiritishi lozim.

Bunda mijozning faoliyat turi va tegishli ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, mijoz 3 bank ish kunida xizmat ko‘rsatuvchi bankiga tegishli ma’lumotni taqdim etadi va bank tomonidan 1 ish kuni mobaynida mijozga biriktirilgan terminal ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

Kiritildi: Bugun 10:26. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!