Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

"To‘laqonli Falastin davlatini shakllantirish — Yaqin Sharqdagi mojaroni yakuniy hal qiladi"

"To‘laqonli Falastin davlatini shakllantirish — Yaqin Sharqdagi mojaroni yakuniy hal qiladi"

Bu haqda Vladimir Putin Kremlda Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.

Abbosning ta’kidlashicha, Isroil bosqini G‘azo sektoridagi infratuzilmaning 85 foizini vayron qilgan, qurbonlar va jarohatlanganlar soni 260 mingga yetgan. AQSh va Isroilning falastinliklarni o‘z hududlaridan tashqariga ko‘chirishga urinishlarini qabul qilish mumkin emas.

Siyosatchi shuningdek, Moskvaning yordamini yuqori baholadi va uni Falastinning do‘sti deb atadi.

Chorshanba kuni Putin Vashingtonning Tinchlik kengashiga qo‘shilish taklifi uchun minnatdorchilik bildirib, taklifni ko‘rib chiqishini ma’lum qilgan edi. AQSh rejasiga ko‘ra, Tinchlik kengashi G‘azoga vaqtinchalik xalqaro boshqaruv kiritishni va u yerga barqarorlashtirish kuchlarini joylashtirishni nazarda tutadi.

Kiritildi: Bugun 17:33. O'qildi: 429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!