Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Trent Aleksandr-Arnold «Nant»ni sotib olmoqchi.

Trent Aleksandr-Arnold «Nant»ni sotib olmoqchi.

Trent Aleksandr-Arnold «Nant»ni sotib olmoqchi.

L'Equipe xabariga ko‘ra, «Liverpul» himoyachchisining manfaatlarini Londondagi investisiya firmasi orqali boshqaradigan otasi Maykl Fransiya sport bozoriga katta qiziqish bildirmoqda. U «Nant»ga ko‘z tikishdan oldin «Sent-Etyen» va «Gavr»ni sotib olishni o‘ylab ko‘rdi.

8 karra Fransiya chempioniga aylangan klub tadbirkor Valdemar Kitaga tegishli. U 2007 yildan beri «Nant»ga egalik qiladi va muxlislar orasida juda mashhur emas. Yangi stadion qurilmagani va televideniye huquqlari bo‘yicha kelishuvning buzilishi uning klubni sotishga rozi bo‘lish niyatini tasdiqladi, chunki u yo‘qotishlarining katta qismini qoplashni xohlaydi.

Tadbirkor o‘tgan yozda Trentning oilasi bilan videoqo‘ng‘iroq orqali tanishgan va keyinroq Jenevada ular bilan shaxsan uchrashgan. Tomonlarning uchinchi yig‘ilishi shu payshanba kuni Londonda bo‘lib o‘tdi.

Xabar qilinishicha, kelishuv 100 million yevroga baholangan, jumladan, 80 million yevro miqdoridagi qat’iy qiymat va 20 million yevrolik kredit, shuningdek, 40 million yevrogacha bo‘lgan turli bonuslar.

Kelishuv amalga oshsa, bu oilaning birinchi sport xaridi bo‘lmaydi. Avvalroq Aleksandr-Arnold Otro Capital orqali Fransiyaning Formula 1 jamoasi Apline F1 Team'ning minoritar aksiyadoriga aylangandi.

«Nant» hozircha «Liverpul» futbolchisi va uning oilasi bilan muzokaralar bo‘layotganini tasdiqlamagan.

Kiritildi: 16:21 20.09.2024. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!