Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oreshnik va G‘arb havo mudofaasi o‘rtasidagi «texnologik duel» taklifi yangi rus raketasining zaif tomonlari haqidagi savolga javob bo‘ldi. Buni Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezidentning «duel» haqidagi so‘zlari hazil emasmi, degan savolga javob berar ekan, ta’kidladi.
«Bu yerda prezidentning ushbu bayonotlari haqida unga berilgan savol kontekstida gapirish juda muhim. Bu uning tashabbusi emas edi, undan raketaning ehtimoliy zaif tomonlarini tushuntirishni so‘rashdi va shuning uchun prezident, odatdagidek, bu raketa qanday ishlashi va boshqalar haqida batafsil gapirib berdi» - deb ta’kidladi Peskov.
Bir kun oldin matbuot anjumanida Putin Rossiyaning «Oreshnik» raketasiga shubha bildirgan G‘arb ekspertlariga «duel» deb nomlangan taklifni berdi: Kiyevda zarba berish uchun ob’ekt tanlash, u yerda havo hujumidan mudofaa kuchlarini to‘plash va zarbani qaytarishga urinish.