Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Transport vositalarini piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

Transport vositalarini piyodalar yo‘laklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonun (O‘RQ-1055-son, 10.04.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

⚠️Qonunga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlar va boshqa qurilmalar o‘rnatilganligi, shuningdek yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalari harakatlanganligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

🔰Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno):

➖ BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga;

🔸xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etish:

➖ BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Kiritildi: 09:48 11.04.2025. O'qildi: 736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!