WSJ nashrining yozishicha, HAMAS mart oyining o‘rtalaridan beri jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelmoqda. Ilgari ularga oyiga 200–300 dollar to‘lanar edi, endi esa ular shu pulning yarmiga zo‘rg‘a ega bo‘lishmoqda.
"Bundan tashqari, Isroilning G‘azo sektorida olib borayotgan operasiyalari davomida HAMASning muhim moliyaviy homiy va bir nechta siyosiy arboblari yo‘q qilindi, bu esa tashkilotning moliyaviy oqimlariga jiddiy zarar yetkazdi. Naqd pulni tarqatishning odatiy usullari, masalan, kurerlar orqali yoki maxsus punktlar yordamida yetkazish endi juda zaif va bu jarayon ishtirokchilari Isroil armiyasi hujumlariga uchrayapti", deya qo‘shimcha qildi The Wall Street Journal.
Gazeta insayderi Eyal Oferning so‘zlariga ko‘ra, agar guruhda katta miqdorda naqd pul bo‘lsa ham, hozir uni tarqatish imkoniyatlari nihoyatda cheklangan.
Shu bilan birga, G‘azo sektorida HAMASga qarshi norozilik kuchaymoqda. 16 aprel kuni aholi yana bir bor “HAMAS ket!” shiori ostida namoyish o‘tkazdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bu so‘nggi yillarda bo‘lib o‘tgan eng yirik noroziliklardan biri bo‘lgan.
"Bu shunchaki namoyish emas, bu minglab odamlarning talabi. Biz barchasidan to‘ydik, HAMAS bizning nomimizdan gapirib, bolalarimizni dafn etayotganimizda jim turishini istamaymiz. Biz tinchlik istaymiz. Biz yashashni istaymiz", — dedi namoyish ishtirokchilaridan biri.