So‘nggi vaqtlarda Rossiya Federasiyasining turli shaharlaridan O‘zbekistonga avtobus qatnovlari orqali qaytayotgan yo‘lovchilar orasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan noto‘g‘ri va yolg‘on ma’lumotlarga aldanib qolish bilan bog‘liq holatlar ko‘payib borayotganligi kuzatilmoqda.
Aksariyat hollarda firibgarlar “Uzautotrans service” MCHJ brendidan foydalanib, Toshkent shahriga amalga oshirilayotgan qatnovlar to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda ommaviy ravishda yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishmoqda.
Fuqarolar ishonchini qozongan firibgarlar aslida “Uzautotrans service” MCHJ korxonasiga tegishli bo‘lmagan reyslarga amaldagi narxlardan ko‘ra bir necha barobar qimmatga chiptalarni pullashmoqda. Natijada aldangan fuqarolar tegishli talablarga javob bermaydigan noma’lum tashuvchilar xizmatidan foydalanishga majbur bo‘lishmoqda.
Shu o‘rinda mamlakatimiz fuqarolaridan “Uzautotrans service” MCHJ korxonasining Rossiya Federasiyasidan O‘zbekistonga amalga oshirayotgan qatnovlari uchun chiptalarni tegishli avtovokzal kassalaridan, shuningdek, https://busnovoyas.ru/news/101 va https://e-traffic.ru/auth/login saytlari orqali onlayn xarid qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan turli reklama roliklariga ishonib, begona shaxslarga pasport ma’lumotlaringizni tashlab bermang hamda karta raqamlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirmasliklaringizni so‘rab qolamiz.
“Uzautotrans service” MCHJ rasmiy vakillari telefon raqamlari orqali chipta narxlari va qatnov jadvali to‘g‘risidagi aniq va ishonchli ma’lumotlarni tekshiring.
Tel: + 998 (94) 131-99-99
Tel: +89251084999 Rossiya.