Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Transport vazirlarining «Xitoy – Markaziy Osiyo» formatidagi birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi

A A A
Transport vazirlarining «Xitoy – Markaziy Osiyo» formatidagi birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 25 – 26 sentyabr kunlari Pekinda bo‘lib o‘tayotgan Barqaror transportni rivojlantirish bo‘yicha global forum doirasida transport vazirlarining «Xitoy – Markaziy Osiyo» formatidagi birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida transport-kommunikasiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qisqa va qulay bo‘lgan transport koridorlarini tashkil etish, tranzit tashuvlarini oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Transport vazirlarining «Xitoy – Markaziy Osiyo» birinchi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni birgalikda amala oshirish hamda «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasida transport sohasida Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida faol hamkorlikni rag‘batlantirish maqsadida davlatlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Kiritildi: 17:52 25.09.2023. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!