Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Trampning yaqin uch kun ichida e’lon qilishi kutilayotgan rejasi Ukrainada Yevropa qo‘shinlarni joylashtirishni o‘z ichiga oladi — The New York Post

Trampning yaqin uch kun ichida e’lon qilishi kutilayotgan rejasi Ukrainada Yevropa qo‘shinlarni joylashtirishni o‘z ichiga oladi — The New York Post

Nashr bu haqda AQSh ma’muriyatidagi rasmiyga tayanib xabar bermoqda.

"O‘t ochishni to‘xtatish bitimi shartlari hali yakuniy shaklda tasdiqlanmagan, chunki Kiyev va Moskva ushbu rejani ichki darajada muhokama qilmoqda. Bu rejaga, shuningdek, Yevropa qo‘shinlarini Ukrainaga joylashtirish masalasi kirishi mumkin. Biz uni “barqarorlikni ta’minlovchi kuchlar” deb ataymiz. Eng qiyin masala xavfsizlik kuchlari qanday ko‘rinishda bo‘lishida", — deya ta’kidladi mansabdor.

Nashr manbasi, shuningdek, o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilinishini nazorat qiluvchi alohida monitoring guruhini tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.

"Monitoring guruhi “qo‘shma komissiya” ko‘rinishida bo‘lib, rossiyaliklar, ukrainaliklar va NATO'ga a’zo bo‘lmagan uchinchi davlat vakillaridan iborat bo‘ladi. Ushbu komissiya front chizig‘idagi holatni kuzatadi va har ikki tomon otashkesim rejimiga amal qilayotganiga ishonch hosil qiladi", — deya aniqlik kiritdi amerikalik mansabdor.

Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ushbu jarayonda “hududdagi harbiy kuch sifatida emas, balki uchinchi tomon bilan birga moliyaviy kuch sifatida” ishtirok etishi mumkin.

Kiritildi: 12:09 22.04.2025. O'qildi: 1293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!