Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Trampning sobiq maslahatchisi nega Zelenskiyni “korrupsion zolim” deb atadi?

Trampning sobiq maslahatchisi nega Zelenskiyni “korrupsion zolim” deb atadi?

AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi Stiv Kortes Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukraina Prezident devoni rahbari Andrey Yermakni “korrupsion zolimlar” deb atadi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida ma’lum qildi.

Kortesning aytishicha, Ukraina elitasi AQShning ishonchli hamkori hisoblanmaydi. Uning ta’kidlashicha, hatto Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan G‘arb ommaviy axborot vositalari ham davlatdagi navbatdagi korrupsiya mojarosini inkor etolmagan.

Sobiq maslahatchi Ukraina rahbariyatini AQSh manfaatlari uchun xavfli va ishonchsiz deb baholab, Vashingtonning Kiyevga nisbatan olib borayotgan siyosatidan jiddiy shubhalar kelib chiqayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 13:10. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!