Donald Trampning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi kelishuvdan o‘z manfaati bor. Bu haqda Politico xabar berdi.
Nashr bu haqda tashqi siyosat bo‘yicha ekspertga tayanib yozmoqda.
"Tramp o‘zini muzokalar ustasi ekanligi bilan faxrlanadi va uning o‘ta yomon bitim tuzayotganini ko‘rishlarini istamaydi", — deya fikr bildirdi ekspert.
Tramp Ukrainadagi mojaroning barham topishini xohlaydi, lekin Kiyevni qurol-yarog‘ ta’minotidan mahrum qilmoqchi emas. Chunki Ukrainaning qulashi Vladimir Putinga muzokaralar davomida o‘z shartlarini ilgari surishga imkon beradi.