Bu xorijliklarga 1 million dollar evaziga AQShda yashash va ishlash ruxsatnomasini olish imkonini beruvchi viza hisoblanadi.
Bu haqda Associated Press agentligi Qo‘shma Shtatlar savdo vaziri Hovard Latnikka tayanib xabar berdi.
Ushbu ma’lumot prezident Donald Trampning dekabr oyidagi bayonotidan keskin farq qiladi. O‘shanda u bir necha kun ichida 1,3 milliard dollarlik kartalar sotilganini aytgan edi.
Ma’lum qilinishicha, bu karta orqali jismoniy shaxslar va korporasiyalar Qo‘shma Shtatlarda tezlashtirilgan rezidentlik huquqini olishlari mumkin bo‘ladi. Shaxsiy “Oltin karta”ni 1 million dollarga sotib olish mumkin Xodimlarni homiylik asosida olib kelmoqchi bo‘lgan kompaniyalar 2 million dollar, shuningdek, qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lashi kerak bo‘ladi.