Bugun 8 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Trampning memkoini qiymati 14,5 foizdan ko‘proqqa arzonlashdi

Trampning memkoini qiymati 14,5 foizdan ko‘proqqa arzonlashdi

AQSh prezidenti Donald Trampning «Trump» kriptovalyutasi narxi AQSh Kongressiga bo‘lib o‘tgan saylovlardan so‘ng qatorsiga ikkinchi kun pasayishda davom etib, payshanba kuni 14,5 foizdan ortiqqa arzonlashdi. Bu haqda savdo ma’lumotlaridan ayon bo‘lmoqda.

Kriptovalyutalar savdosi hajmi bo‘yicha eng yirik Binance birjasida Moskva vaqti bilan soat 13:44 holatiga ko‘ra, «Trump» memkoini narxi 14,56 foizga tushib, 1,26 dollarni tashkil etdi. Dinamika bir sutkalik davr uchun keltirilmoqda.

Chorshanba kuni ham «Trump» memkoini salbiy dinamika ko‘rsatib, qariyb 10 foizga arzonlashgan edi.

3 noyabrdagi oraliq saylovlarda amerikaliklar Vakillar palatasining barcha 435 nafar a’zosini va 35 nafar senatorni sayladilar. CNN telekanali demokratlar Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallashini taxmin qilmoqda. Bloomberg agentligi prognoziga ko‘ra, partiya Senatda ham kamida 51 ta o‘rinni ta’minlab, nazoratni o‘z qo‘liga olishi mumkin.

Kiritildi: 21:40 05.11.2026. O'qildi: 698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik