AQSh prezidenti Donald Tramp uning maxsus vakili Stiven Uitkoff kelasi hafta Rossiyaga tashrif buyurishini aytdi.
Oq uy rahbari bu haqda Bedminsterdan (Nyu-Jersi) Vashingtonga uchishidan oldin jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Uitkoffning tashrifi 6-7 avgust kunlariga mo‘ljallangan. "U chegaradagi, xususan, G‘azo sektoridagi vaziyat va odamlarga oziq-ovqat yetkazib berish masalalariga e’tibor qaratgan", — dedi prezident. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomoni maxsus elchi bilan uchrashishga qiziqish bildirgan: "Ular u bilan ko‘rishmoqchi, uchrashishni so‘rashdi. Ko‘ramiz, nima bo‘ladi" - dedi Tramp.