AQSh prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Vitkoff Isroil armiyasi G‘azo sektorini bosib olgan Netzarim koridoriga tashrif buyurdi.
Isroil matbuotida chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Vitkoff G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilish uchun Isroilga kelgan.
Vitkoff Isroilga kelganidan so‘ng avvaliga G‘azo sektorini ikkiga bo‘luvchi Netzarim koridoriga yo‘l oldi.
Vitkoffga Isroil strategik ishlar vaziri Ron Dermer hamrohlik qildi.
Trampning vakili Vitkoff Isroilga tashrifi davomida Bosh vazir Benyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Israyel Kas bilan uchrashadi.
Netanyaxu va Vitkoff o‘rtasidagi uchrashuvda G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish masalasi muhokama qilinadi.