AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Aleks Bryuzevis Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni amerikaliklarning ishonchli ittifoqchisi sifatida qabul qilishni to‘xtatishga chaqirdi.
U bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.
"Ikki kun avval u AQSh prezidentini zaif deb atadi. Prezident Rossiya bilan kelishuvga erishilganini e’lon qilganidan so‘ng esa neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalar berildi.
Keling, Zelenskiyni yaxshi ittifoqchi deb ko‘rsatishni bas qilaylik", — deb yozdi Trampning maslahatchisi.