AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Valsni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan yaqin aloqalari tufayli yuzaga kelgan mojarodan so‘ng ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Oq uydagi manbalarga tayanib, Washington Post nashri xabar bermoqda.
❕ Nashrning yozishicha, Tramp Netanyaxuning Vashingtonga tashrifidan so‘ng Vals Isroil bosh vaziri pozisiyasini baham ko‘rgan holda Eronga zarba berish g‘oyasini ilgari sura boshlaganini bilgan. Manbalarga ko‘ra, Vals bu masala hatto AQSh prezidentining o‘zi bilan muhokama qilinmasdan oldin Isroil bilan ehtimoliy harbiy harakatlarni muvofiqlashtirgan.
“U mamlakat siyosatini Tramp qo‘llab-quvvatlamaydigan yo‘nalishga yo‘naltirishga uringan”, — dedi WP manbalaridan biri. Boshqa bir manbaning aytishicha, Vals harbiy bosim foydasiga diplomatiyadan voz kechishni talab qilgan.
Oq uy maslahatchi o‘z vakolatlaridan oshib ketgan va AQSh manfaatlaridan kelib chiqib ish tutmayotganiga ishongan.
“Siz boshqa davlat prezidenti uchun emas, o‘z mamlakatingiz prezidenti uchun ishlaysiz”, — deya Tramp maslahatchilaridan birining so‘zlarini keltiradi gazeta.
Oq uy apparati rahbari Syuzi Uayls ham Vals Tramp uchun “yaxshi mos emas” deb hisobladi. O‘zaro munosabatlardagi keskinlik kuchaydi va yakuniy qarorga Signal messenjeridagi yopiq chatda maxfiy ma’lumotlarning sizib chiqishi sabab bo‘ldi. “Atlantic ” jurnalining bosh muharriri Jeffri Goldberg xatolik tufayli u yerda bo‘lgan. Vals mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.
Janjaldan so‘ng Oq uyda milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi alohida lavozimini bekor qilish masalasi muhokama qilindi. Uning vazifalari Davlat kotibi Marko Rubioga topshirildi. Tayinlash 1-may kuni e’lon qilindi.
Iste’foga chiqishiga qaramay, Vals AQShning BMTdagi elchisi lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatilgan. Vise-prezident J.D.Vens buni ko‘tarilish deb atadi va sobiq maslahatchi ma’muriyatning ishonchini saqlab qolishini aytdi.
Axios manbalari shtab boshlig‘ining o‘rinbosari Stiven Miller va Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus elchi Stiv Vitkoffni Valsning mumkin bo‘lgan vorislari sifatida ko‘rsatdi, deb yozadi Politico.